"Arsenal" futbolchisi koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 234

"Kononirlar" futbolchisi Sead Kolashinatsda koronavirus borligi aniqlandi.
Himoyachi kasallikni terma jamoalar yig'ini paytida yuqtirib olgani aytilmoqda. U Bosniya tarkibida Millatlar ligasi doirasidagi Niderlandiyaga qarshi bahsni to'liq maydonda o'tkazgan edi. Lekin uchrashuv yakunlangach, uning topshirgan testi musbat natija berdi va u hozir shaxsiy izolyatsiya jarayonida. Sead terma jamoaning bugun bo'lib o'tadigan Italiyaga qarshi o'yinini o'tkazib yuborishi bilan birga "Lids" bilan uchrashuvda ham maydonga tushishi so'roq ostida turibdi.
Bundan avvalroq, klubning boshqa bir a'zosi Muhammad Elnenida xam koronavirus aniqlanganligi to'g'risida xabar bergan edik.
Manba: Mail OnlineFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212