Balotelli esingizdami? U Angliyaga qaytishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 301

Italiyalik hujumchi Mario Balotelli faoliyatini Chempionshipda davom ettirishi mumkin. Futbolchi xizmatiga "Barnsli" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Britaniya matbuoti yozmoqda.
Ayni damda Mario erkin agent sanaladi. U o'tgan yili "Breshiya"da harakat qilgandi. Avvalroq u faoliyatini Braziliyada davom ettirishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma'lumot uchun, "Barnsli" hozirda Chempionshipda 11-turdan keyin 16-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
142