Jerrard "Lids" qiziqish markazida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 393

Shotlandiya chempionati vakili "Reynjers" ustozi Stiven Jerrard "Lids Yunayted" rahbariyatining qiziqish doirasida bo'lib turibdi.
"Lids" bosh murabbiyi Marselo Belsaning kelajagi so'roq ostida turgani bois endi postga yangi nomzod variantini ko'rib chiqishga to'g'ri keladi. Asosiy da'vogar esa Stiv Ji. Argentinalik mutaxassis klubi bilan yangi shartnoma tuzish borasida xali shoshilayotgani yo'q. Senyabrda tomonlar bir yillik bitimga imzo chekishgan edi. Lekin Belsa kelasi yili yakuniga etadigan kelishuvga e'tiroz bildirmayapti va jamoani tark etishga qarshi emas. So'nggi qaror esa tez orada xal bo'lishi kutilyapti.
Ma'lumot uchun "oqlar" "Reynjers"ga bundan avval xam ikki marta jiddiy murojaat bilan chiqishgan, lekin Belsaning mavxum masalasi sabab ish yopiqligacha qolgan edi.

Bosh sahifaga
144