Beyl: "Bu hammada bo'ladigan normal holat"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 774

Uels va "Tottenhem" jamoalari etakchisi Garet Beyl koronavirus bilan bog'liq ba'zi mish-mishlarga javob berdi.
"Bizda o'shanda hamma infektsiyani yuqtirib olmagan edi. Muxlislarning shubhalari mutlaqo xato. Faqatgina raqib jamoa tarkibidan Mett Doerti hamda Jons Makkleynlarning topshirgan testlari musbat chiqqan xolos. Albatta, butunlay virusga chalingan jamoa bilan o'ynaganingdan keyin, o'zingni noxush his etishing bor gap. Bu normal holat. Asosatsiya ham buni tasdiqlamoqda. Shunday ekan havotirga o'rin yo'q. Muhimi, bugun men safdaman", - deydi Beyl.
Eslatib o'tamiz, bundan bir necha kun avval Uelsning Irlandiyaga qarshi baxsida Beylning koronavirus yuqtirib olganligi haqida yolg'on xabarlar tarqalgan edi.
Manba: goal
Bosh sahifaga
283