Eto'O faoliyatini Ispaniya klubida qayta boshlashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 941

"Barselona" klubi sobiq hujumchisi Samuel Eto'O Ispaniyaning "Rasing" klubi a'zosiga aylanishi mumkin. Bu haqda klub prezidenti xabar tarqatdi.
"Eto'O bilan shartnoma imzolash imkoniyatimiz — 50ga 50. Kelasi haftada bunga oydinlik kiritamiz. Agar u jamoamiz a'zosiga aylansa, u o'ynaydi. Murabbiyning vazifasi — uning jamoamizga qo'shilib ketishiga yordam berish", - dedi "Rasing" prezidenti.
Eslatib o'tamiz, 39 yoshli Eto'O professional faoliyatini 2019 yilda yakunlagan edi. U faoliyati davomida "Real", "Malorka", "Barselona", "Inter", "Anji", "Chelsi", "Everton", "Sampdoriya", "Antalyaspor", "Ko'nyaspor", "Qatar SK" klublari sharafini himoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227