"Liverpul" sobiq futbolchisi: "Butun dunyodagi muammo Klopp va uning jamoasiga tushgandek tuyulmoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 268

Angliyaning «Liverpul» klubi sobiq futbolchisi Jon Oldridj jarohat sababli tarkibda yuzaga kelgan muammolar haqida fikr bildirdi.
«Yurgen Klopp Virdjil van Deyksiz ham muvaffaqiyatga erishishi mumkinligiga ishonishga jur'at etganida, uning oldida imkonsiz vazifa paydo bo'ldi.
Jo Gomesning Angliya terma jamoasi ixtiyorida olgan jarohati «Liverpul»da tartibsizlikni keltirib chiqardi. Garchi, van Deyksiz ham g'alaba qozonish yo'li topilgandek tuyulsa-da, himoyadagi muammolar chegaragacha etib keldi.
Misr terma jamoasi ixtiyorida Muhammad Saloh koronavirus yuqtirib olganini eshitdik. Butun dunyodagi muammo Klopp va uning jamoasiga tushgandek tuyulmoqda», – dedi Oldridj.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210