Mourino FIFAni tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 523

Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino terma jamoaga ketgan shogirdlarining koronavirus yuqtirib olayotganidan nolidi.
16 noyabr kuni "shporlar"ning irlandiyalik himoyachisi Mett Doerti koronavirus yuqtirib olgani ma'lum qilindi.
Mourino hozir paytda terma jamoalar o'yin o'tkazish uchun eng ma'qul vaqt emasligini ta'kidladi.
«G'alaba futbol haftaligi. FIFA terma jamoalarning ajoyib muhiti, chiroyli o'rtoqlik uchrashuvlari va mutloq xavfsiz degandi. Endi bo'lsa biz futbolchilarsiz qolyapmiz.
Faqatgina olti futbolchi bilan olib borilgan mashg'ulotdan so'ng, o'zimiz haqimizda g'amxo'rlik qilish vaqti keldi deb o'ylayman», — dedi Mourino.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
303