"Chelsi" bitta futbolchi xarid qilish uchun besh nafar o'yinchisini sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 327

Londonning «Chelsi» klubi «Vest Xem» futbolchisi Deklan Raysni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Raysni sotib olish uchun "ko'klar" besh nafar futbolchisini sotishga tayyor.
Angliya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, «Chelsi» Raysni yanvar oyida 67 million funt evaziga sotib olishga harakat qilib ko'radi. Londonliklar ushbu bitimni amalga oshirish uchun Antonio Ryudiger, Olive Jiru, Emerson Palmeri va Denni Drinkuoterlarni sotib yubormoqchi.
Shuningdek, «Chelsi» ijara asosida o'ynayotgan Temue Bakayokoni «Napoli»ga to'laqonli ravishda sotib yuborishga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308