Angliya terma jamoasining ikki nafar futbolchisi jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 477

Angliya terma jamoasi Millatlar Ligasi doirasida Islandiya terma jamoasiga qarshi bo'ladigan uchrashuv oldidan tarkib borasida muammoga duch keldi.
Jordan Xenderson («Liverpul») va Raxim Sterlinglar («Manchester Siti») ushbu uchrashuvni jarohat sabab o'tkazib yuborishadi. Xenderson Belgiya (0:2) terma jamoasiga qarshi uchrashuvda jarohat olgandi, Sterling esa ushbu bahsda maydonga tushmagandi.
Ikki futbolchi ham terma jamoa ixtiyorini tark etib, o'z klubi qarorgohiga yo'l olishadi va qo'shimcha tibbiy ko'rikdan o'tishadi.
«Manchester Siti» shanba kuni «Tottenxem» klubi bilan bahs olib borsa, «Liverpul» «Lester» bilan bellashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194