Koronavirusga chalingan to'rtta futbolchi Shveytsariyaga yordam bera olmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 422

Shveytsariya terma jamoasi bosh murabbiyi Vladimir Petkovich Millatlar Ligasining guruh bosqichi doirasida Ukraina terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Hozir dunyo futbolida vaziyat qaltis. Yarim yildan beri koronavirus terma jamoalarning ham, klublarning ham rejalarini barbod qilmoqda. Shveytsariya va Ukraina terma jamoalarining muammolari deyarli bir xil. Bizda ham, ularda ham COVID-19 sababli to'rttadan futbolchi maydonga tusha olmaydi.
Bugun Shveytsariya koronavirus uchun navbatdagi testni topshiradi va umid qilamanki, natijalar salbiy ko'rinish oladi. Ushbu bahs qoldirilishini umuman xohlamayman», – dedi Petkovich.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186