Tolisso Frantsiya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 299

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham yarim himoyachi Korenten Tolissoni «Bavariya» klubiga qaytishiga ruxsat berdi, bu haqda Foot Mercato xabar tarqatmoqda.
Tolisso kichik jarohat olgan. Shu sababli, Desham futbolchiga qo'shimcha hordiq chiqarib olish uchun imkoniyat berdi. Qolaversa, Frantsiya terma jamoasi Millatlar Ligasining guruh bosqichida birinchi o'rinni naqd qilib qo'ygandi.
Frantsiya terma jamoasi navbatdagi bahsini ertaga Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
290