Qurollangan shaxslar Nigeriya terma jamoasining sobiq futbolchisini o'g'irlab ketishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 222

Nigeriya terma jamoasining sobiq futbolchisi Kristian Obodoni noma'lum shaxslar o'g'irlab ketishdi.
"L’Equipe" tarqatgan xabarga ko'ra, qurollangan shaxslar sobiq futbolchini Nigeriyaning janubiy qismida joylashgan Varri shahrida olib qochib ketishdi.
«Uni qidirish bilan mashg'ulmiz, ammo hozircha o'g'rilar bilan aloqa o'rnatishning imkoni bo'lmadi», – dedi politsiya vakili.
Ma'lumot o'rnida. Obodoni 2012 yilda ham o'g'irlab ketishgan edi. Oradan bir kun o'tib esa politsiya uni ozod qilgan edi. O'shanda o'g'rilar futbolchi uchun 149 ming evro talab qilishgan edi.
Obodo faoliyati davomida «Fiorentina», «Udineze», «Perudja» va «Dinamo Minsk» klublari o'ynab, 2017 yilda butsasini mixga ilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255