Nadalning amakisi: «Kuman o'z ishini yaxshi uddalayapti»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 222

Taniqli ispaniyalik tennischi Rafael Nadalning amakisi Toni Nadal «Barselona» fan-klubi a'zosi hisoblanadi. U jamoa bosh murabbiyi Ronald Kuman haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Kuman o'z ishini yaxshi uddalayapti. O'tgan mavsumda "Bavariya"ga qarshi o'yinda 2:8 hisobidagi mag'lubiyatga uchraganimiz, birorta sovrinni qo'lga kiritmaganimiz uchun yomon hissiyot paydo bo'lgan edi.
Hozirda esa klubda tartib o'rnatildi va jamoa yaxshi saviya namoyish etmoqda. Bu holat Chempionlar ligasida g'alaba qozonish uchun etarli bo'ladimi yoki yo'qmi, bilmadim. Nazarimda, «Barsa» bundan uzoq emas», – dedi Nadal.
Ma'lumot o'rnida. Rafael Nadal "Real Madrid" klubi ashaddiy muxlisi hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
289