Teves Argentina chempionati rekordini o'rnatdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 333

«Boka Xuniors» hujumchisi Karlos Teves o'z nomini Argentina chempionati tarixiga yozdirib qo'ydi.
Futbolchi «Taleres»ga qarshi uchrashuv boshlanishi hamono ogohlantirish oldi. Teves "sariq"qa tortadigan qoidabuzarlik ishlatganda bahsning endi 3-soniyasi o'tib borayotgandi. Bu esa Argentina chempionati rekordi hisoblanadi.
Karlos ancha erta sariq kartochka olganiga qaramay, bahs oxiriga qadar ikkinchi kartochka olmadi. Uning jamoadoshlari Karlos Iskerdos va Agustin Obando o'yin davomida maydondan chetlatilishdi va "Boka" uchrashuvni 9 kishi bo'lib yakunladi hamda mag'lubiyatga uchradi (0:1).
Karlos Teves o'tgan turda «Nyuells Old Boyz» davrzaboni Alana Agerrega nisbatan qo'pol o'ynagan edi. Natijada posbon jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'ladi va joriy mavsum oxirigacha maydonga tushmaydi.
No puede ser esta patada a los TRES SEGUNDOS. pic.twitter.com/l3OC9YBiAo
— Lucas (@vacomotrompada) November 16, 2020 Manba: sport24.ru
Bosh sahifaga
284