Obameyang va Gabon terma jamoasi o'yinchilari aeroport polida uxlashdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1543

"Arsenal" klubi va Gabon terma jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyang ma'lumot berishicha, u va milliy jamoadagi sheriklari Gambiyadagi aeroport polida uxlashiga to'g'ri keldi.
"Aeroportdagi aql bovar qilmas tun. Bitta narsani tushunmayapman, nima uchun Gambiya bir necha soatdan beri bizga pasportlarni bermasdan, bizni aeroportda ushlab turibdi? Biz garovga olingan kishilarmizmi?" – deya yozdi Obameyang Instagram orqali.
Gabon terma jamoasi futbolchilarida koronavirusga topshirilgan test natijalari bo'lsa-da, ular aeroportda ushlab turildi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264