Buskets qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 748

«Barselona» klubi va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Serxio Busketsning jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi. U bir hafta davomida maydonga tusha olmaydi. Ispaniyalik futbolchi klub va terma jamoaning navbatdagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.
Serxio Buskets Millatlar ligasi doirasida Shveytsariyaga qarshi bahsda (1:0) jarohat olgan edi. Yarim himoyachi chap tizzasidagi bo'g'im lat egani aniq bo'ldi.
Shu tariqa, Buskets "qizil furiya" safida Germaniyaga qarshi o'yin, Li liga doirasida «Atletiko»ga qarshi bahs va Chempionlar ligasi 4-turi doirasida Kievning «Dinamo» klubiga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
301