Diyor Imomxo'jaev: «Mundialda o'ynash asosiy maqsad bo'lishi kerak emas»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 783

Professional futbol Ligasi (PFL) bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev «Sport-TV» telekanali orqali efirga uzatilgan ko'rsatuvda futbol akademiyalari faoliyati va bu borada chet el tajribasidan foydalanish qay darajada samarador ekanligi haqida fikr bildirdi.
"Akademiyani Jahon Chempionati bilan bog'lash qay darajada to'g'ri bilmadim. Jahon Chempionatida o'ynash asosiy maqsad bo'lishi kerak emas. Mundialda KXDR, Saudiya Arabistoni, Xitoy kabi terma jamoalar ishtirok etib futboli keskin o'zgarib ketgani yo'q.
Har to'rt yillikning nufuzli musobaqasiga yo'llanma olish mening ham orzum. Akademiyaga kuchli mutaxassis olib kelish uchun akademiyani o'zi bo'lishi kerak. Qatar buning uchun katta kuch sarfladi, 2022 yilgi Jahon Chempionati uchun 10 yildan beri harakat qilib keladi. Buning mevalarini endi yaqinda ko'ra boshladi. Xavini, Feliks Sanchesni olib kelish uchun ko'p mablag' sarf qildi. Bizda futbolga bunday pul yo'q. Ko'rpamizga qarab oyoq uzatishimiz kerak. Biz to'g'ri yo'nalishdan ketadigan bo'lsak salohiyatimiz Qatarnikidan 3 barobar ko'pligini ko'ramiz. Imkoniyatlarimiz zo'r, faqat to'g'ri yo'nalishga tushib olishimiz kerak.
Qishloq joylarga kelib selektsiya qilishmaydimi murabbiylar degan savolni ko'p berishadi. Lekin bu talabdan kelib chiqiladi. Selektsioner iqtidorini ko'rish uchun hadeb boravermaydi. «Real» va «Barselona» jamoalari nega Braziliyaga borib yotib oldi? Har bir bolada evroni ko'radi, uni olib kelib sotish mumkin bo'ladi. O'zbekistonda u erdan bu erga sotilayotganda pulning o'zi bormi? Bu narsa shakllanmagandan keyin selektsionerni ikkita maktab o'rtasidagi o'yinni ko'rishga imkoniyati yo'q. Odamlar ham fikrlashini o'zgartirishi kerak. Iqtidorim bor, meni kelib ko'r degan bilan ish bitmaydi. O'zbekiston Xitoydek davlat emas bir milliard aholisi bor.
Masalan, Jasur Jaloliddinov qiyin oiladan chiqqan, ota-onasi kuchli e'tibor bera olmagan futbolchini «Bunyodkor» borib Navoiydan topib kelgan to'g'rimi? Iqtidorli bolalar o'zining BO'SM, IBO'SM orqali ham iqtidorini namoyish qilsa bo'ladi. O'zbekistonda iqtidorli bola qaerda bo'lsa ham ko'rinadi. Dunyoqarashimizni o'zgartirishimiz kerak, harakat qilsa O'zbekiston ko'zga ko'rinadigan maydon. Ishni to'g'ri yo'lga qo'yishimiz kerak", — dedi Diyor Imomxo'jaev.

Bosh sahifaga
230