"Manchester Yunayted" yarimhimoyachisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 729

"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Pol Pogba bilan xayrlashmoqchi emas. Klub 27 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi, deb yozadi jurnalist Fabritsio Romano tvitter sahifasida.
Qayd etish lozimki Pogba ayni damda klub tarixidagi eng qimmat xarid hisoblanadi. Frantsiyalik yarim himoyachi jamoaga 2016 yilda "Yuventus"dan 105 million evro evaziga kelib qo'shilgandi. Uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2022 yil iyunida tugaydi.
Eslatib o'tamiz,joriy mavsumda 27 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted" bilan barcha musobaqalarda 11ta uchrashuv o'tkazdi.
Manba: Daily MailFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229