Balotelliga Braziliya klubi da'vogarlik qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 418

Hujumchi Mario Balotelli faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin. Futbolchiga "Vasko Da Gama" da'vogarlik qilmoqda.
Italiya matbuoti xabariga ko'ra, Braziliya klubi Mario bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Futbolchining o'zi Evropada qolishni afzal ko'rmoqda, ammo o'ziga qulay variant topolmasa Braziliyaga ko'chib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Balotellining oxirgi to'p surgan klubi Italiyaning "Breshia" jamoasi edi.
Manba: Mundo DeportivoFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222