«Real» sobiq hujumchisi Messining Maradonadan kuchliroq ekanligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 619

Italiya terma jamoasi va «Real» klubi sobiq hujumchisi Antonio Kassano argentinalik futbolchilar Diego Maradona va Lionel Messini o'zaro solishtirdi.
«Messi — Argentina terma jamoasi safida finallarda harakat qilish va unda gol urish borasida rekordchi, bu erda yana nima haqida gapirish mumkin?
Messi terma jamoa safida 70 ta gol urgan, Maradona — 30.
Ha, Messi doim kuchli hujumchilar birga to'p surgan, biroq jamoada yaxshi himoyachilar va darvozabon bo'lmagan», — deydi Kassano. Messi Argentina terma jamoasi safida 141 o'yin o'yin o'tkazib, 71 ta gol muallifiga aylangan. Maradona esa 91 ta o'yinda 34 ta gol urgan.
Manba: Daryo.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257