Yaxshiboev faoliyatini Qozog'istonda davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1256

Soligorskning «Shaxtyor» klubi hujumchisi Jasur Yaxshiboev faoliyatini Qozog'istonda davom ettirishi mumkin. «Astana» jamoasi o'zbekistonlik futbolchiga qiziqib qoldi. Bu haqda belaruslik jurnalist Vladislav Tatur xabar tarqatdi.
«Jasurbek Yaxshiboev kelasi mavsumni Belarus chempionatida o'tkazishi aniq emas. Unga «Astana» jiddiy qiziqish bildirmoqda", — deya yozdi Tatur o'zining telegramdagi kanali orqali.
Eslatib o'tamiz, Yaxshiboev huquqiy jihatdan «Paxtakor»ga tegishli bo'lib, «Shaxtyor»da ijara asosida o'ynamoqda.
Ma'lumot o'rnida. Ketma-ket 6ta chempionlikdan keyin «Astana» joriy mavsumda oltin medallarni "Qayrat"ga boy berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263