"Chelsi" futbolchisi APLning boshqa klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 982

Angliyaning «Kristal Pelas» klubi «Chelsi» himoyachisi Markos Alonsoga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Daily Mail.
«Burgutlar» Alonso orqali jamoani tark etishi kutilayotgan Patrik van Anxoltni o'rnini to'ldirishmoqchi. Mavsum yakuniga ko'ra, «Kristal Pelas» klubini 10 nafardan ko'proq futbolchi tark etishi kutilmoqda.
Alonso «Chelsi» sotib yuborishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatidan joy olgan. Mish-mishlarga qaraganda, Alonso jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempard bilan yaxshi aloqada emas. Shu sababli, u kam maydonga tushmoqda.
Joriy mavsum 29 yoshli Alonso APLning atigi uchta uchrashuvida maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218