«Yuventus» tarkibda yuzaga kelgan muammoni tezroq bartaraf qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1112

Turinning «Yuventus» klubi himoyachi Matteys de Ligtning tiklanish jarayonini tezlashtiradi, deya xabar tarqatmoqda Football Italia.
«Byankonerlar» tarkibida muammolar yuzaga kelgan. Ayni paytda klub lazaretida Jordjo Kellini va Leonardo Bonuchchilar davolanishmoqda.
Shu tariqa, «Yuventus» klubining markaziy himoyachilaridan faqatgina Merix Demiralgina salomat, xolos. De Ligt elkasidan olgan jarohatidan keyin tiklanish jarayonida. «Yuventus» «Kalyari»ga qarshi bo'ladigan o'yinda niderlandiyalik futbolchining oyoqqa turishiga umid qilmoqda. Ushbu bahs 21 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221