«Manchester Siti» Gvardiola bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 341

Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa bilan shartnomani uzaytirishga deyarli rozilik berdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda. Ispaniyalik murabbiyning «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi.
«Manchester Siti» rahbariyati Gvardiolaga allaqachon yangi shartnoma taklif qilgandi. Biroq, taklifni qabul qilish borasida Gvardiola shoshilmayotgandi. Ma'lumotlarga qaraganda, Pep katta ehtimol bilan «Ettixad»da qoladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221