Konte Eriksen haqida ma'lumot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2017

"Inter" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte jamoa yarim himoyachisi Kristian Eriksen haqida ma'lumot berdi.
"Mening har bir qarorim klub manfaati uchun qabul qilinadi, biror bir alohida futbolchining foydasi uchun emas. Futbolchilar g'oyalar va loyihalar uchun funktsional bo'lishlari, milliy va halqaro raqobatdosh bo'lishlari kerak.
Zamonaviy futbolchi tezkor, kuchli va bardoshli bo'lishi shart. Agar sizda mana shu narsalar bo'lsa, u holda muammosiz "Inter"ga qabul qilaman", - Kontening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.
Eriksen "Inter" tarkibiga 2020 yilning yanvar oyida 20 million evro evaziga ko'chib o'tgandi. Shu vaqt mobaynida u 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol kiritdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Bosh sahifaga
220