Krishtianu Ronaldu antirekord qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 508

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar Ligasi 5-turi doirasida kechgan bahsda Frantsiya darvozasini ishg'ol qilolmadi (0:1).
«Yuventus» hujumchisi Frantsiya terma jamoasiga qarshi faoliyatidagi 6-o'yinni o'tkazdi. Ronaldu bu o'yinlarning birortasida ham to'p kirita olmadi.
Bu Ronaldu faoliyatida (klub va terma jamoa miqyosida) bir jamoaga qarshi o'yinlarda qayd etilgan eng uzun quruq seriya bo'ldi.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida umumiy 102 ta gol urgan holda Ali Dayining afsonaviy rekordini (109) yangilashga yaqin turibdi.
Uning jamoasi keyingi o'yinni 17 noyabr kuni Xorvatiyaga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237