Mbappe Shvetsiya qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 234

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham hujumchi Kilian Mbappe UEFA millatlar ligasi doirasida Shvetsiyaga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkinligini aytib o'tdi. Mazkur bahs 17 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, 21 yoshli futbolchi jarohat tufayli Portugaliyaga qarshi bo'lib o'tgan o'yinni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi.
«Mbappe Shvetsiyaga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin. U tayyor», — dedi Desham.
«PSJ» hujumchisi Frantsiya chempionatining 9-turi doirasida «Nant»ga qarshi bahsda jarohat olgan edi. Shuningdek, u «Renn» va «RB Leyptsig»ga qarshi uchrashuvlarda ham ishtirok etmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227