La Liga prezidenti: «Ronaldu kelgani bilan A Seriya kuchayib qolmadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 282

La Liga rahbari Xaver Tebas Lionel Messi va Serxio Ramoslarning boshqa chempionatga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.
«Shubhasiz, men ularning ketishini xohlamagan bo'lardim. Lekin, agar bu sodir bo'lgan taqdirda ham, ularning o'rnini bosishimiz uchun barchamiz yanada ko'proq ishlashimizga to'g'ri keladi. Ronaldu ketganligini "Tvitter"dagi nafratlanuvchi o'quvchilar menga eslatishadi. Biroq, Sizni ishontirib ayta olamanki, u ketgani bilan bizda hech narsa o'zgarib qolmadi.
To'g'risini aytsam, Ronaldu kelgani bilan A Seriyasi kuchayib qoldi deb o'ylamayman. U erda Ronalduning kelgani aytarli bilinmadi.
Mana Neymar «PSJ»ga o'tdi, biroq, Frantsiya chempionati ham o'sha-o'sha mavqeda turibdi. La Liga brendi istalgan futbolchidan ustun», - dedi Tebas Marca nashri bilan suhbatda.

Bosh sahifaga
246