Verner: "Ukraina darvozasiga birinchi golimni osonlik bilan kiritdim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 260

Germaniya terma jamoasi hujumchisi Timo Verner Millatlar Ligasi doirasida Ukraina (3:1) terma jamoasi ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Men har doim Leyptsigga, o'z stadionimga zavq bilan qaytaman. Bu erda zavq bilan o'ynayman va g'alaba qozonaman. Terma jamoamiz haqida gapiradigan bo'lsam, ayni paytda biz yaxshi terma jamoalarning birimiz.
Birinchi golimni juda osonlik bilan kiritdim. Leon Gorettska shunchaki juda chiroyli qilib to'pni menga oshirdi. Himoyamizning o'yini tobora yaxshilanib bormoqda, xatolarimiz ustida jiddiy ishlayapmiz. Evropa chempionatida ajoyib tarzda ishtirok etish niyatidamiz», – dedi Verner.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230