Ramos Buffoning rekordini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 410

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos Millatlar Ligasi doirasida Shveytsariyaga qarshi kechgan o'yinda (1:1) maydonga tushdi.
Bu Ramos uchun terma jamoa libosidagi 177-o'yin bo'ldi.
Shu tariqa u Evropa futbolchilari orasida terma jamoa safida eng ko'p o'yin o'tkazgan Janluji Buffoning rekordini (176) yangiladi.
Bundan tashqari jahon rekordigacha Ramosda 7 ta o'yin qoldi. Bu rekord Misr terma jamoasi sobiq futbolchisi Ahmad Hassanga tegishli — 184.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249