Ronaldu: «Har bir o'yin bizga saboq bo'ladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1634

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining Millatlar ligasining final bosqichiga chiqa olmagani borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
Portugallar 14 noyabr kuni Lissabonda Frantsiyani qabul qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu g'alaba tufayli frantsuzlar 13 ochko bilan muddatidan oldin guruhiga aylanishdi.
«Har bir o'yin bizga saboq bo'ladi. Afsuski, biz o'z maqsadimizga erisha olmadik. Boshni ko'targan holda birgalikda erishgan natijalarimizdan faxrlanishimiz kerak!» — deya yozdi Ronaldu instagram orqali.
Ma'lumot o'rnida. Portugaliya terma jamoasi UEFA millatlar ligasining amaldagi g'olibi hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231