«Inter» futbolchisida ham koronavirus aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 362

Italiyaning «Inter» klubi va Xorvatiya terma jamoasi futbolchisi Marselo Brozovichda ham koronavirus infektsiyasi aniqlandi.
Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi xabar bermoqda. Unga ko'ra Brozovich kasallikni Turkiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida (3:3) yuqtirib olganligi aytilmoqda. U hozir umumiy karantin zonasiga yuborilgan.
Bungacha Xorvatiyaning bir nechta a'zosida, xususan Damogoy Vidada ham virus aniqlangan edi.
Eslatib o'tamiz, Xorvatiya bugun Millatlar Ligasi doirasida Shvetsiyaga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
252