«Dinamo» g'alabaga haqli bo'lgan bahsda «Sho'rtan» bilan durang qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 560

Pro liga 17-turi doirasida «Dinamo» o'z maydonida «Sho'rtan»ga qarshi maydonga tushdi.
O'yinda hisob 31-daqiqada ochildi. Oybek Nurmatov ajoyib zarbasi bilan mehmonlar darvozasini ishg'ol etdi. 38-daqiqada esa mehmonlar Xudoyorxon Sagdullaevning goli evaziga hisobni tenglashtirishdi – 1:1.
Butun o'yin davomida ustunlik qilgan Samarqand jamoasi bir qator vaziyatlarga ega bo'lsa-da, omad mehmonlar tomonida bo'ldi. Gohida esa bosh hakam Ahrol Risqullaev va qanot hakamining qarorlari e'tirozga sabab bo'ldi. Yakunda bahs durang bilan tugadi.
«Dinamo» 27 ochko bilan 4-o'rinda qolgan bo'lsa, «Sho'rtan» 28 ochko bilan 3-o'rinda qoldi.
Pro liga. 17-tur
14 noyabr, shanba
«Dinamo» - «Sho'rtan» - 1:1
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Jalg'asbay Sarsenov, Damir Iskanderov
Gollar: Oybek Nurmatov, 31 - Xudoyorxon Sagdullaev 38.
«Dinamo»: 30. Farhod Rahmatov, 4. Hakimhon A'lamxonov, 5. Avaz Agaliev, 6. Bobur Qosimov, 7. Suhrob Nurulloev (Andrey Sidorov, 70), 8. Eldor Boymatov, 10. Amirjon Safarov (Azamat Allaniyozov, 64), 19. Obid Jo'raboev, 23. Shahzodbek Hamidov (Iskandar Siddiqjonov, 70), 34. Shohrux Abdurahmonov (Azimjon Mirzaev, 46), 78. Oybek Nurmatov (Damir Temirov, 64)
«Sho'rtan»: 16. Akmal Rahimov, 2.Nurali Padarov 8. Shamsiddin Sagdullaev, 9. Xudoyorxon Sagdullaev, 14. Shokir Yuldashev, 17. Elyor Omonjonov, 18. Samandar Shodmonov, 27. Islom Shodmonov, 28. Sanjar To'raqulov, 34. Shahboz Jo'raev, 85. Asadbek Samariddinov.
Manba: “Dinamo” PFK matbuot xizmati
Bosh sahifaga
206