"Yuventus" sobiq futbolchisi: "Messi bu — iqtidor, Ronaldu esa — mehnat"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1057

Turinning "Yuventus" klubi sobiq futbolchisi Mexdi Benatia Lionel Messi va Krishtianu Ronaldular haqida fikr bildirdi.
- Messi — iqtidor, Ronaldu esa — mehnat. Men 15 yildan beri ularning qaysi biri kuchli degan savollarni eshitib kelaman, lekin bunga javob berishdan hech qanday ma'no yo'q. Leo tabiatning tuhfasi, u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Krishtianu — esa katta mehnat evaziga shu darajaga chiqqan. U boshqalarga qaraganda ko'proq mehnat qilgan, lekin uning iqtidoriga shubha qila olmaymiz. EChL o'yinidan keyin biz kola va pitstsa olmoqchi bo'lgandik, lekin Ronaldu o'ziga bularni olishni ep ko'rmagandi. U hamida sabzavotlar iste'mol qiladi. Futbolda uzoq umr ko'rish uchun maqbul turmush tarziga amal qilish kerak. Ronaldu hech qachon biror narsaga tasodifan erishmagan, — dedi Benatia RMC bilan suhbatda.



Bosh sahifaga
258