Mourino UEFA tomonidan shartli ravishda diskvalifikatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 676

UEFAning ma'lumotiga qaraganda, Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino shartli ravishda bitta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.
U 29 oktyabr kuni Evropa Ligasi doirasida bo'lib o'tgan «Antverpen» (0:1) klubiga qarshi o'yin boshlanishiga kechiktirilishiga asosiy javobgardik.
Uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 17:55da boshlanishi kerak edi, biroq, uchrashuv yakunda bir necha daqiqa kechroq boshlangan.
Murabbiyga qaror qabul qilingan kundan boshlab bir yillik sinov muddati tayinlanadi. Shu bilan birga, «Tottenxem» Mourinoni ushbu qaror haqida xabardor qilishi kerak.
Ushbu voqea uchun klubning o'zi 25 ming evro jarimaga tortilgan, shuningdek, UEFA jihozlari qoidalarini buzgani uchun yana 3 ming evro jarima qo'llanildi.

Bosh sahifaga
262