Messi "Barselona"ga sodiqligi uchun 33 million evro mukofot puli oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 519

Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi keyingi mavsumda jamoaga sodiqligi uchun qo'shimcha bonus oladi deya xabar bermoqda ESPN.
Manbaning yozishiga qaraganda, mukofot puli 33 million evroni tashkil etadi. Qayd etilishicha, 2017 yili uzaytirilgan shartnomaga ko'ra Messi 66 million evro olishi kerak. U ushbu mukofot pulining bir qismini shu yilning fevral oyida olgan edi.
Messi "Barselona" tarbiyalanuvchisi sanaladi. U asosiy tarkibda 2004 yili debyut o'yinini o'tkazgan. 33 yoshli argentinalik futbolchining hisobida 700 dan ortiq gol bor. Messi olti marta "Oltin to'pni" qo'lga kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259