Xorvatiya terma jamoasi tarkibida koronavirus aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 789

Italiyaning «Inter» va Xorvatiya terma jamoasi futbolchisi Martselo Brozovich koronavirusga chalinganligi haqida mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Xorvatiyalik futbolchilar Turkiya terma jamoasiga (3:3) qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvidan keyin koronavirus uchun test topshirishdi. Birinchi bo'limdan so'ng himoyachi Domagoy Vida almashtirilgan edi, chunki o'yin kuni uning test natijasi «potentsial ijobiy» chiqqani o'yin mobaynida ma'lum bo'lgandi.
Test natijalariga ko'ra, Brozovich va terma jamoaning yana bir xodimida koronavirus aniqlangan. Kasallikni yuqtirib olgan Brozovich va terma jamoa xodimi karantinga olingan. UEFA protokoliga ko'ra jamoaning boshqa a'zolari o'ynashda davom etaveradi.
Xorvatiya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini Millatlar Ligasi doirasida 14 noyabr kuni Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Bosh sahifaga
236