Mourino Evropa ligasining bitta o'yiniga diskvalifikatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 559

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino Evropa ligasining bitta uchrashuviga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda "Sky Sports" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, musobaqaning 2-turi doirasida bo'lib o'tgan "Antverpen"ga qarshi o'yin kech boshlangani uchun portugaliyalik mutaxassis shunday jazoga tortildi. Mourino o'yindan avval jamoasiga ko'p ko'rsatma bergani uchun uchrashuvning boshlanishi kechikdi.
Bundan tashqari, "Tottenxem" mazkur qoidabuzarlik uchun 25 ming evro va epikirovka qoidasini buzgani uchun yana 3 ming evro jarimaga tortildi.
"Shporlar" Evropa ligasining keyingi turi doirasida "Ludogorets"ga qarshi maydonga chiqishadi. Uchrashuv 26 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215