"Paxtakor" futbolchilarining Superligadagi ko'rsatkichlari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 526

Futbol o'yinlarini tahlil qiluvchi "Instat" kompaniyasi ma'lumotlari asosida "Paxtakor" futbolchilarining Superligidagi ko'rsatkichlari bilan tanishtirib o'tamiz.
Joriy mavsum umumiy shaxsiy ko'rsatkichlar borasida Superligada eng yaxshi bo'lib turgan 11 futbolchining 9 nafari jamoamiz a'zosi sanaladi. Eng yaxshi bo'lib turgan Jaloliddin Masharipov 321 ball jamg'argan. Dragan Cheran 275, Hojiakbar Alijonov 261, Sherzod A'zamov 256, Doston Hamdamov 255 ball to'plashga erishgan. Shuningdek, Anzur Ismoilov, Odil Hamrobekov, Farruh Sayfiev va Egor Krimets dastlabki 11 o'yinchi qatoridan o'rin olgan. Faqat "Nasaf"ning ikki a'zosi Marko Stanoevich va Oybek Bozorov ushbu 11lik ro'yxatda boshqa klublar vakili hisoblanadi.
Superligada eng ko'p golli vaziyatlar yaratgan futbolchi ham Masharipov bo'lib turibdi. U hozirgacha o'tgan o'yinlarda 40ta shunday vaziyat sodir etgan. Cheran va "So'g'diyona"dan Jasur Hasanov 31tadan, "Nasaf"dan Marko Stanoevich hamda "Bunyodkor"dan Sanjar Qodirqulov 18tadan golli imkoniyat yaratgan.
Darvozaga eng ko'p aniq zarba bergan futbolchi Cherandir. Uning 37 zarbasidan 19tasi golga aylangan. Uning 50 foiz zarbasi darvozaga to'g'ri borgan. "Nasaf"dan Bobur Abduholiqov 29ta (43%), Nurillo To'xtasinov 28ta (44%), jamoamizdan Igor Sergeev 26ta (49%) va "So'g'diyona"dan Shohruz Norxonov 25ta (42%) aniq zarba bergan.
To'pni sheriklariga eng ko'p aniq oshirishda Odil Hamrobekov yaqqol etakchi bo'lib turibdi. Uning hisobida 1733ta uzatma mavjud. 92 foiz uzatmalarni u aniq amalga oshirgan. "Bunyodkor"dan Lutfulla To'raev 1575ta (84%) uzatmaga ega bo'lsa, undan keyin beshlikda "Paxtakor"ning uch futbolchisi joylashgan. Masharipov 1433ta (80%), Sayfiev 1279ta (90%) va Anzur Ismoilov 1240ta (92%) uzatmani uddalashgan.

Bosh sahifaga
194