Messi Paragvay bilan o'yinda hakamga qarata: «Sen ikki marta «o'tirib» qo'yding»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 941

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCh-2022 saralash bosqichi doirasida Paragvayga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda hakam sha'niga keskin gaplar gapirdi.
Bahsning 21-daqiqasida braziliyalik hakam Rafael Klaus argentinaliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Messi esa hakamning oldiga kelib, bundan 4 daqiqa oldin shunday qoidabuzarlik uchun Argentina foydasiga jarima zarbasi bermaganini ta'kidladi.
Ikkinchi bo'limda esa Messi raqib darvozasini ishg'ol qildi, ammo VARning maslahati bilan gol bekor qilindi.
Shundan so'ng Lionel hakamga «Sen ikki marta «o'tirib» qo'yding», dedi. Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni zaxira o'rindig'idan turib «Sharmanda!», deb baqirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200