O'zbekiston MTJ Iroqqa qarshi o'yin oldidan tayyorgarlikni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 595

Vadim Abramov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi BAAdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirmoqda. Jamoa vakillari bugundan Iroqqa qarshi o'rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlikni boshladi.
Murabbiylar shtabi kecha Suriyaga qarshi o'yinda maydonga tushgan futbolchilarga engil yuklamalar berdi va ular mashg'ulotlarni alohida bo'lib o'tkazdi.
Xitoyning "Shenyang Urban" klubida to'p surayotgan hamyurtimiz Islom To'xtaxo'jaev bugundan Milliy jamoamiz mashg'ulotlarida to'laqonli ishtirok etdi.
Suriya bilan o'yinda maydondan chetlatilgan himoyachimiz Hojiakbar Alijonov bitta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi. Ma'lumki, FIFA kunlarida o'tkaziladigan rasmiy o'rtoqlik o'yinlarida olingan qizil kartochka keyingi o'yinga ta'sir o'tkazadi. Shu sababli Alijonov Iroqqa qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

Bosh sahifaga
202