«Latsio»dan ochko olib tashlanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 749

«Latsio» klubi koronavirus test natijalarini soxtalashtirgani isbotlansa, Italiya futbol federatsiyasi klubni jazolashi mumkin.
Rimliklardan A seriyada bir ochkodan uch ochkogacha olib tashlanishi mumkin, deya xabar tarqatdi "Football Italia".
Avvalroq «Latsio» futbolchilar — Tomas Strakosha, Lukas Leyva va Chiro Immobile COVID-19ga topshirgan testlar manfiy natija berganini ta'kidlagan bo'lsa, UEFAning tekshiruvi natijasida futbolchilarning organizmida infektsiya aniqlangan edi. Italiya futbol federatsiyasi mazkur 3 futbolchini so'roqqa tutadi.
"Latsio" Italiya chempionatining joriy mavsumida 11 ochko to'pladi. Jamoa jadvalda 9-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
174