Reshford Angliya terma jamoasi ro'yxatidan chiqarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 651

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Markus Reshford Angliya terma jamoasining noyabr oyida Belgiya va Islandiya terma jamoalariga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinlarda maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatidan chiqarildi, deb xabar bermoqda terma jamoa matbuot xizmati.
23 yoshli angliyalik hujumchining terma jamoaga kelishi "Everton" klubiga qarshi uchrashuvda jarohat olganligi uchun kechiktirildi. Reshford tiklanishi taxmin qilingandi, biroq, yakunda shifokorlar shtabi hujumchini terma jamoa o'yinlariga jalb qilmaslikka qaror qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217