"Sevilya" o'z futbolchisini "Manchester Siti"ga sotishni istamagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 421

Ispaniyaning "Sevilya" klubi sport direktori Monchi yozgi transfer bozorida jamoa himoyachisi Jyul Kunde uchun "Manchester Siti" tomonidan yuborilgan 55 million evrolik taklifga rad javob berganini ma'lum qildi.
— Biz barcha salbiy va ijobiy taraflarni tarozida o'lchadik va "Manchester Siti" tomonidan tushgan taklifga rad javob berishga qaror qildik. Bu juda ajoyib taklif edi, lekin bizning so'rovlarimizga mos kelmadi. Ehtimol, bu taklif Jyulning ayni paytda qancha turishiga yaqin edi, lekin biz bunday futbolchilarni sotish uchun nima qilishimiz mumkinligini tushunishimiz kerak. Bu - sport direktorini ishining murakkabligidan dalolat beradi, - Monchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Eldesmarque.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224