"Jenoa" sal bo'lmasa Balotelli bilan shartnoma imzolashi mumkin edi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 313

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov to'p surayotgan Italiyaning "Jenoa" klubi prezidenti Enriko Pretsiozi Mario Balotelli bilan shartnoma imzolash variantini ko'rib chiqqanini aytib o'tdi.
— Biz Balotellini qayta tiklash va unga shartnoma taklif qilish variantini o'ylab ko'rgandik, biroq yakunda boshqa variantni tanladik va bu tanlovni to'g'ri amalga oshirdik deb o'ylayman. Balotelli yaxshi yigit, ammo u hozir bizning "radarimiz"da emas. Chin dildan umid qilamanki, u faoliyatini qayta tiklaydi, — dedi Pretsiozi Telelombardia bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221