Neymar baribir "Barselona"dan pul undirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 322

Frantsiyaning "PSJ" klubi hujumchisi Neymar sud qaroriga apellyatsiya berdi va "Barselona"dan bonus pullarini undirishga umid qilmoqda.
Marca nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, braziliyalik hujumchi 2016 yili "Barselona" klubi bilan shartnomani uzaytirgani uchun 43,6 million evro miqdorida bonus pulini undirmoqchi. O'z navbatida "Barselona" unga bonus pullarini to'lab bermaydi, chunki, Neymar bir yildan so'ng shartnomani beokr qilish uchun pul to'lab, Frantsiyaning "PSJ" klubiga o'tib ketgandi.
Neymarning davosi rad etildi. Bundan tashqari, futbolchiga "Barselona" hisobiga 6,7 million evro to'lash majburiyati yuklatildi. Ammo, Neymarning advokatlari sudning bu qaroriga qarshi chiqishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205