Gabriel Jezus: "Biz Neymarsiz ham o'ynay olamiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 227

Braziliya terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi hujumchisi Gabriel Jezus Neymar haqida fikr bildirdi.
«PSJ» hujumchisi pentakampeonlarning JCh-2022 saralash uchrashuvlari doirasida Venesuela va Urugvay terma jamoalariga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinlarda maydonga tusha olmaydi.
«Neymar terma jamoa va o'z klubi uchun naqadar kerakli o'yinchi ekanligini barchamiz bilamiz. Uning jamoamizga qanchalik hissa qo'shishini ham bilamiz. Hozir bizga uning o'zi va uning saviyali o'yini etishmayapti. Lekin bu erdagi barcha futbolchilar javobgarlikni o'z bo'yniga ola biladi. Hamma narsani Neymarning o'zi ushlab tura olmaydi.
Garchi Neymar bilan birga g'alaba qozonish oson bo'lsa-da, bu erdagi barcha futbolchilar o'zimizning yuqori saviyadagi o'yininimizni ko'rsatishimiz kerak.
Albatta, Neymarni tezroq maydonga qaytishini xohlaymiz. U gol uradi, golli uzatmalarni amalga oshiradi va ko'plab o'zining foydali tomonlarini namoyish etadi. Hozir jarohat sabab u biz bilan birga emas, lekin, biz Neymarsiz ham o'ynay olamiz», – dedi Jezus.

Bosh sahifaga
189