Chempionship vakili:«Menga "Barselona"dan taklif tushgan edi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 294

Angliya quyi divizioni vakili bo'lgan «Nottingem Forest» futbolchisi Jon Bastok bir paytlar «Barselona»ga o'tishi mumkin edi.
Buni futbolchining o'zi «BBC Sport»ga bergan intervyusida ta'kidlab o'tgan.
«14 yoshlik paytimda "Kristal Pelas" tarbiyalanuvchisi edim. Sevimli futbolchim Ronaldino bo'lgan. Men unga o'xshab "Oltin to'p" sovrinlarini yutishni orzu qilganman. U bilan bir ikki marta ko'rishganmiz ham. O'yin uslubim yoqib qolganidanmi menga u xat yozgan edi: "Ronidan yosh Jonga". Shundan ko'p o'tmay transferim bo'yicha "Barselona"dan klubimga taklif kelib tushgan. Bunda albatta, Ronaldinoning hissasi katta edi. Lekin, shaxsiy sabablarimga ko'ra, men Kataloniyaga ko'chib o'ta olmaganman. Biroq, xatni haliyam Londondagi uyimda saqlayman», - deydi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Jon Bastok deyarli o'n yildan ziyodroq faoliyati davomida o'ndan ortiq klublarda o'ynab chiqqan. U hozir «Nottingem Forest» jamoasida ijara asosida to'p tepayotgan bo'lib, transfer huquqi «Tuluza»ga tegishli.
Manba: bbc sport
Bosh sahifaga
189