Harri Keyn Son bilan munosabatlariga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 757

«Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn jamoadoshi Son bilan birgalikda erishayotgan muvaffavvaqiyatlari haqida gapirdi.
"Sen agar biror jamoadoshing bilan uzoq yillardan beri to'p tepsang, beixtiyor ravishda uni tushunib qolasan. Umuman, biz Son bilan avvaldan beri hayotda ham do'stmiz. Lekin joriy mavsum buni maydonda super darajada ko'rsatmoqdamiz. Uning ham kayfiyatni yaxshi, meniki ham.
Agar sheriklar o'rtasida hayotda ham o'zaro yaqinlik bo'ladigan bo'lsa, raqibing eng kuchli darvozabon bo'lishini ahamiyati yo'q. Gollar o'z-o'zidan kelaveradi. Bu erda faqat Sonninggina emas, qolgan jamoadoshlarimning ham mehnatini ta'kidlagan bo'lar edim", deydi futbolchi.
Ma'lumot uchun, Son va Keyn Premer-liga doirasida hozirgacha birgalikda 15 ta gol urishgan.
Manba: soccernews
Bosh sahifaga
209