«Barselona» prezidenti saylovi muddati aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 557

«Barselona» rahbariyati yangi prezident saylovi muddatini belgiladi. "AS" tarqatgan xabarga ko'ra, saylov 24 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Shuningdek, saylov paytida «Kamp Nou» oldida odamlar to'planib qolmasligi uchun bir nechta joyda saylov uchastkalari tashkil qilinadi.
24 yanvar hali rasmiy sana hisoblanmaydi, ammo bir necha kun ichida u tasdiqlanishi kerak. Klub saylovni o'tkazish uchun xavfsizlik protokolini taqdim qildi, uni sog'liqni saqlash organlari tasdiqlashi kerak.
Hozirda «Barselona» prezidenti vazifasini Karles Tuskets bajarmoqda. Xosep Bartomeu iste'foga chiqarilgach, u mazkur lavozimni egallagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215